Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, «nasiyu» kufrda ziyoda bo`lishdan o`zga narsa emas. Bu bilan kufr keltirganlar zalolatga ketkazilurlar. Alloh harom qilgan narsaning adadiga moslash uchun uni bir yil halol qilurlar, bir yil harom qilurlar. Bas, bu bilan Alloh harom qilgan narsani halol qilurlar. Ularga amallarining yomonligi ziynatlandi. Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas. (37)
Tafsir
Johiliyatdagi arablar kabi urush harom qilingan oylarni kechga surib, ularning oʻrniga boshqa oylarni shahrul-haromga aylantirish kufrni yanada ziyodalashtirishdan oʻzga narsa emas. Zero, bu ishda haromni halol qilishga halolni harom qilish ham qoʻshilyapti. U tufayli shayton kofirlarni yoʻldan ozdiradi. Ular Alloh harom qilgan oylar soniga toʻgʻri kelishi uchun shahrul-haromni bir yil haromligicha qoldirsalar, yana bir yil halol qilib olib, oʻrniga boshqa oyni harom qilib oladilar. Shu bilan Alloh harom qilgan ishni halolga aylantiradilar. Shayton ularga bu yomon ishlarini chiroyli qilib koʻrsatdi. Unga aldanib, "nasiy", yani, kechga surish degan gapni oʻylab topdilar. Alloh kufrida qotib turib oladigan kofirlarga tavfiq bermas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: