Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar qo`zg`almasangiz, sizni alamli azob bilan azoblaydir. O`rningizga boshqa qavmni keltiradir. Siz Unga zarar keltira olmassiz. Alloh har bir narsaga qodirdir. (39)
Tafsir
Ey moʻminlar, Alloh yoʻlida jihodga chiqmasangizlar, Alloh sizlarni xorlik azobiga giriftor qiladi. Oʻrningizga Allohga itoat etadigan, jihodga chaqirilganda bosh tortmaydigan boshqa bir qavmni almashtiradir. Sizlar Allohga itoatsizlik qilish bilan U Zotga hech qanday zarar yetkaza olmassizlar. U Zot sizlardan behojatdir. Sizlar esa U Zotga muhjtojsizlar. Alloh har ishga Qodirdir. Biron ish U Zotga qiyinlik qilmas. Alloh dinini va Paygʻambarini sizlarsiz ham gʻolib qilishga Qodir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: