Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bo`lgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon g`orda turganlarida, u sherigiga: «Xafa bo`lma, Alloh, albatta, biz bilan», dedi. Bas, Alloh uning ustidan O`z sokinligini nozil qildi va siz ko`rmagan lashkarlar bilan qo`lladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, o`zi yuqori. Alloh g`olib va hikmatli Zotdir. (40)
Tafsir
Ey moʻminlar, Paygʻambar alayhissalomga sizlar yordam bermasangizlar va uning Alloh yoʻlida jihod qilish chaqirigʻiga quloq solmasangizlar, mushriklar uni va Abu Bakrni Makkadan haydab chiqargan paytlarida sizlar boʻlmasangizlar ham uni Allohning Oʻzi qoʻllab-quvvatlagan edi-ku. Faqat ikkalasi Savr gʻorida turganlarida kofirlar ularni izlab kelib qolgan paytida Abu Bakr Siddiq qoʻrqib ketgandi. Paygʻambar alayhissalom: "Tashvish qilma, Alloh biz bilan birgadir. Oʻzi bizni qoʻllab-quvvatlaydi va nusrat beradi", degandi. Shunda Alloh Paygʻambarining qalbiga xotirjamlik indirib, sizlar koʻrmaydigan farishta lashkarni tushirib, mushriklar soʻzini past qilgandi. Islom oliy boʻlishi bilan Allohning kalimasi oliy boʻlur. Alloh Oʻz zotida ham, qahrida ham, mulkida ham Gʻolibdir. Hech kimsa, hech narsa U Zotdan gʻolib boʻla olmas. Alloh Oʻz tadbirini, qadarini va shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: