Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar ular ichingizda chiqqanlarida ham sizga yomonlikdan boshqa narsani ziyoda qilmasdilar, tezlab orangizga fitna solishga urinardilar. Holbuki, ichingizda ularga quloq soluvchilar bor edi. Alloh zolimlarni bilguvchi Zotdir. (47)
Tafsir
Munofiqlarning sizlar bilan birga chiqmagani yaxshi boʻldi. Chunki ular sizlar bilan chiqqanlarida sizlarga pand berib, shubha oralatishga urinardilar. Turli boʻlmagʻur gaplarni tarqatib, safingizni parokanda qilmoqchi boʻlardilar. Ey moʻminlar, orangizda ularning yolgʻonlariga quloq solib, oʻshani tarqatadiganlar ham topilardi. Shu bilan oʻzaro ixtilof, boʻlinish yuzaga kelardi. Alloh munofiqlarning shak-shubha oralatishga urinadigan zolimlarini Bilguvchi Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: