Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 47 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 47 • Oʻzbekcha


لَوْ خَرَجُوا فِيكُمْ مَا زَادُوكُمْ إِلَّا خَبَالًا وَلَأَوْضَعُوا خِلَالَكُمْ يَبْغُونَكُمُ الْفِتْنَةَ وَفِيكُمْ سَمَّاعُونَ لَهُمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ 47
Tarjima:
Agar ular ichingizda chiqqanlarida ham sizga yomonlikdan boshqa narsani ziyoda qilmasdilar, tezlab orangizga fitna solishga urinardilar. Holbuki, ichingizda ularga quloq soluvchilar bor edi. Alloh zolimlarni bilguvchi Zotdir. Tavba 9:47
Tafsir:
Munofiqlarning sizlar bilan birga chiqmagani yaxshi boʻldi. Chunki ular sizlar bilan chiqqanlarida sizlarga pand berib, shubha oralatishga urinardilar. Turli boʻlmagʻur gaplarni tarqatib, safingizni parokanda qilmoqchi boʻlardilar. Ey moʻminlar, orangizda ularning yolgʻonlariga quloq solib, oʻshani tarqatadiganlar ham topilardi. Shu bilan oʻzaro ixtilof, boʻlinish yuzaga kelardi. Alloh munofiqlarning shak-shubha oralatishga urinadigan zolimlarini Bilguvchi Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 46 Keyingi Tavba • Oyat 48