Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 4

إِلَّا الَّذِينَ عَاهَدْتُمْ مِنَ الْمُشْرِكِينَ ثُمَّ لَمْ يَنْقُصُوكُمْ شَيْئًا وَلَمْ يُظَاهِرُوا عَلَيْكُمْ أَحَدًا فَأَتِمُّوا إِلَيْهِمْ عَهْدَهُمْ إِلَىٰ مُدَّتِهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُتَّقِينَ 4 ٤

Magar mushriklardan siz ahdlashganingizdan keyin hech narsani nuqson qilmaganlari va sizga qarshi birovga yordam bermaganlarining ahdlarini muddatlarigacha batamom qiling. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir. (4)

Tafsir
Sizlar bilan ahdlashib, ahdiga vafo qilgan, uni buzmagan mushriklar bundan mustasno. Ularning ahdlarini oʻz muddatigacha yetkazinglar. Albatta, Alloh taqvodorlarni yaxshi koʻradi. Taqvodorlarki, Allohning hamma buyruqlariga, jumladan, ahdga vafo qilish haqidagi farmoniga boʻysunadilar hamda U Zotning hamma taqiqlaridan, jumladan, xiyonatdan tiyiladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin