Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 54)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 54

وَمَا مَنَعَهُمْ أَنْ تُقْبَلَ مِنْهُمْ نَفَقَاتُهُمْ إِلَّا أَنَّهُمْ كَفَرُوا بِاللَّهِ وَبِرَسُولِهِ وَلَا يَأْتُونَ الصَّلَاةَ إِلَّا وَهُمْ كُسَالَىٰ وَلَا يُنْفِقُونَ إِلَّا وَهُمْ كَارِهُونَ 54 ٥٤

Ularning nafaqalarining qabul etilishidan man qilgan narsa faqat Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirganlari, namozga doimo dangasa hollarida kelganlari va doimo yoqtirmay infoq qilganlaridir. (54)

Tafsir
Ularning infoq-ehsonlari qabul qilinishiga uch narsa monelik qildi: Alloh va Paygʻambariga kufr keltirganlari, namozga dangasalik qilganlari va mol-dunyolarini ixtiyoriy tarzda emas, yoqtirmasdan, oʻlganining kunidan sarflaganlari. Chunki ular namozlaridan ham, infoq-ehsonlaridan ham savob umid qilmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin