Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 71

وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَيُطِيعُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ ۚ أُولَٰئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ اللَّهُ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 71 ٧١

Mo`min erkaklar va mo`mina ayollar bir-birlariga do`stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o`shalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir. (71)

Tafsir
Moʻmin va moʻminalar bir-birlariga doʻstdirlar. Bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar. Chunki ularni iymon birlashtirib turadi. Yaxshilikka, yani, Allohga yoqadigan tavhid va namoz kabi ishlarga buyuradilar, yomonlikdan, yani, Allohga yoqmaydigan kufr va ribo kabi ishlardan qaytaradilar. Namozni toʻkis ado etadilar. Allohga va Paygʻambariga boʻysunadilar. Mana shunday fazilatlarga ega boʻlganlarni yaqinda Alloh Oʻz rahmatiga doxil qilur. Alloh Gʻolibdirki, hech kimsa U Zotdan gʻolib boʻla olmas, Hakimdirki, har bir yaratishini, tadbirini va shariatini bir hikmat bilan qilur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin