Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 71 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 71 • Oʻzbekcha


وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَيُطِيعُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ ۚ أُولَٰئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ اللَّهُ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 71
Tarjima:
Mo`min erkaklar va mo`mina ayollar bir-birlariga do`stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o`shalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir. At-Tawbah 9:71
Tafsir:
Moʻmin va moʻminalar bir-birlariga doʻstdirlar. Bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar. Chunki ularni iymon birlashtirib turadi. Yaxshilikka, yani, Allohga yoqadigan tavhid va namoz kabi ishlarga buyuradilar, yomonlikdan, yani, Allohga yoqmaydigan kufr va ribo kabi ishlardan qaytaradilar. Namozni toʻkis ado etadilar. Allohga va Paygʻambariga boʻysunadilar. Mana shunday fazilatlarga ega boʻlganlarni yaqinda Alloh Oʻz rahmatiga doxil qilur. Alloh Gʻolibdirki, hech kimsa U Zotdan gʻolib boʻla olmas, Hakimdirki, har bir yaratishini, tadbirini va shariatini bir hikmat bilan qilur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 70 Keyingi At-Tawbah • Oyat 72