Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 72 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 72 • Oʻzbekcha


وَعَدَ اللَّهُ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَمَسَاكِنَ طَيِّبَةً فِي جَنَّاتِ عَدْنٍ ۚ وَرِضْوَانٌ مِنَ اللَّهِ أَكْبَرُ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ 72
Tarjima:
Alloh mo`min er va mo`mina ayollarga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni, ularda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidan pokiza maskanlarni va'da qildi. Allohdan bo`ladigan rozilik esa, eng ulug`idir. Ana o`sha ulkan yutuqdir. Tavba 9:72
Tafsir:
Alloh moʻmin, moʻminalarga Qiyomat kunida ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlarni, u yerlarda hech qachon vafot etmasdan, nematlari kamaymasdan, abadiy qolishlarini va barqaror jannatlardagi pokiza maskanlarni vada qildi. Bulardan ham ulugʻrogʻi Allohning rizosidir. Bu shu qadar ulkan muvaffaqiyatdirki, hech bir muvaffaqiyat unga teng boʻlolmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 71 Keyingi Tavba • Oyat 73