Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 72)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 72

وَعَدَ اللَّهُ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَمَسَاكِنَ طَيِّبَةً فِي جَنَّاتِ عَدْنٍ ۚ وَرِضْوَانٌ مِنَ اللَّهِ أَكْبَرُ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ 72 ٧٢

Alloh mo`min er va mo`mina ayollarga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni, ularda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidan pokiza maskanlarni va'da qildi. Allohdan bo`ladigan rozilik esa, eng ulug`idir. Ana o`sha ulkan yutuqdir. (72)

Tafsir
Alloh moʻmin, moʻminalarga Qiyomat kunida ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlarni, u yerlarda hech qachon vafot etmasdan, nematlari kamaymasdan, abadiy qolishlarini va barqaror jannatlardagi pokiza maskanlarni vada qildi. Bulardan ham ulugʻrogʻi Allohning rizosidir. Bu shu qadar ulkan muvaffaqiyatdirki, hech bir muvaffaqiyat unga teng boʻlolmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin