Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 84)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 84

وَلَا تُصَلِّ عَلَىٰ أَحَدٍ مِنْهُمْ مَاتَ أَبَدًا وَلَا تَقُمْ عَلَىٰ قَبْرِهِ ۖ إِنَّهُمْ كَفَرُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَمَاتُوا وَهُمْ فَاسِقُونَ 84 ٨٤

Va hech qachon ulardan o`lgan birortasiga ham (janoza) namoz o`qima, qabri ustida turma. Chunki, ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida o`ldilar. (84)

Tafsir
Ey Paygʻambar, munofiqlardan birontasi oʻlsa, zinhor uning janozasini oʻqimang va qabri ustida duo qilib, magʻfirat soʻrab turmang! Chunki ular Alloh va Uning Paygʻambariga kufr keltirdilar va fosiq hollarida, Allohga itoatsizlik qilgan hollarida oʻldilar. Bunday holda oʻlim topgan kimsaga janoza ham oʻqilmaydi, uning haqqiga duo ham qilinmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin