Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 88)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 88

لَٰكِنِ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ جَاهَدُوا بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنْفُسِهِمْ ۚ وَأُولَٰئِكَ لَهُمُ الْخَيْرَاتُ ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 88 ٨٨

Lekin Payg`ambar va u bilan birga iymon keltirganlar mollari va jonlari bilan jiddu jahd qildilar. Ana o`shalarga, o`zlariga yaxshiliklar bo`ladir. Ana o`shalar, o`zlari najot topguvchilardir. (88)

Tafsir
Paygʻambar va uning atrofidagi moʻminlar esa munofiqlarga oʻxshab, jihoddan qolmadilar, Allohning yoʻlida molu jonlari bilan kurashdilar. Ularning mukofoti Alloh huzuridadir. Ular gʻalaba va oʻlja kabi shu dunyo manfaatlariga ham, jannatga kirish, murodga yetish, najot topish kabi oxirat manfaatlariga ham noil boʻladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin