Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Qanday qilib (ularga ahd bo`lsinki), ular agar sizdan ustun kelsalar, na ahdga va na burchga rioya etmaslar. Sizni og`izlari bilan rozi qiladilar-u, qalblari ko`nmas. Ularning ko`plari fosiqlardir. (8)
Tafsir
Qanday qilib ular uchun ahd va omonlik boʻlsin? Axir ular dushmaningiz-ku. Sizlardan gʻolib boʻlsalar, na Allohning rioyasini qiladilar, na qarindoshlikning va na ahdning. Hech narsaning rioyasini qilmasdan sizlarni yomon azoblaydilar. Tillarida shirin gapirib, sizlarni rozi qiladilar-u, lekin dillari tillariga boʻysunmaydi. Aytgan gaplariga vafo qilmaydilar. Ularning koʻplari ahdni buzadigan, Allohga itoatsiz fosiqlardir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: