Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Boy-badavlat bo`la turib sendan izn so`raydiganlarni ayblashga yo`l bor. Ular xotin-xalajlar bilan birga bo`lishga rozi bo`ldilar. Alloh ularning qalblariga muhr bosdi. Bas, ular bilmaslar. (93)
Tafsir
Uzri bor odamlarni ayblashga yoʻl yoʻqligi bayon qilinganidan keyin kimni ayblash va jazolash mumkinligi haqida gap boradi. Ey Paygʻambar, oʻzlari boy-badavlat boʻlsa ham, jihodga chiqishga qurbi yetsa ham yana sizdan jangdan qolishga ruxsat soʻraganlarni ayblash va jazolashga yoʻl bor. Ular oʻzlari xorlikka rozi boʻlib, uylarida xotin-xalajlar bilan qoldilar. Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻydi. Endi ularga nasihat kor qilmaydi. Endi ular oʻzlariga nima foyda, nima ziyon, ajrata olmaydilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: