Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular sizlar ulardan rozi bo`lishingiz uchun sizga qasam icharlar. Agarchi siz ulardan rozi bo`lsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi bo`lmas. (96)
Tafsir
Ey moʻminlar, anavi jihoddan qolganlar ulardan rozi boʻlishingiz va uzrini qabul qilishingiz uchun qasam ichadilar. Ulardan rozi boʻlmanglar. Ulardan rozi boʻlsangiz, Parvardigoringizga xilof qilgan boʻlursiz. Chunki U Zot kofirligu munofiqlik ila itoatsizlik qilgan qavmdan rozi boʻlmas. Shunday ekan, ey musulmonlar, Alloh rozi boʻlmagan kimsalardan rozi boʻla koʻrmanglar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: