Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 97)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 97

الْأَعْرَابُ أَشَدُّ كُفْرًا وَنِفَاقًا وَأَجْدَرُ أَلَّا يَعْلَمُوا حُدُودَ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 97 ٩٧

A'robiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh O`z Payg`ambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. (97)

Tafsir
Sahroyi arablar kufr keltirsalar va munofiqlik qilsalar, kufru nifoqda shaharliklardan koʻra ashaddiyroq boʻladilar. Ular dinni bilmaslikka, farzu sunnatlarni, qonun-qoidalarni anglamaslikka loyiqroq kimsalardir. Chunki ular qoʻpol, yovvoyi, odamovi kishilardir. Alloh ularning ahvolini koʻrib-bilib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻlolmas. Alloh har bir tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin