Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 98)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 98

وَمِنَ الْأَعْرَابِ مَنْ يَتَّخِذُ مَا يُنْفِقُ مَغْرَمًا وَيَتَرَبَّصُ بِكُمُ الدَّوَائِرَ ۚ عَلَيْهِمْ دَائِرَةُ السَّوْءِ ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 98 ٩٨

A'robiylardan qilgan infoqni ziyon deb biladigan va sizga balo-ofat kelishini kutib turadiganlari ham bor. Yomon balolari o`zlariga ursin! Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. (98)

Tafsir
Sahroyi munofiqlar orasida Alloh yoʻlida qilgan sadaqasini zarar deb biladiganlari ham bor. Chunki ular sadaqa uchun ajr olishiga ham, sadaqa qilmagani uchun jazolanishiga ham ishonmaydilar. Shunday boʻlsa-da, gohida riyo uchun yoki qoʻrqqanlaridan sadaqa berib turadilar. Keyin esa, ey moʻminlar, sizlarga biron balo-ofat yetib, sizlardan qutulib qolish payida boʻladilar. Qilayotgan badniyatlari oʻzlariga ursin! Alloh ular aytayotgan gaplarni eshitguvchi, dillaridagi niyatlarini bilguvchi Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin