Sura Bayyina (Aniq dalil) — سُورَةُ البينة

Bayyina surasi — Qur’onning to‘qson sakkizinchi surasi bo‘lib, unda Payg‘ambar tomonidan keltirilgan haqiqatning aniq dalili bayon qilinadi hamda odamlarning iymon va kufr asosida bo‘linishi yoritiladi.

Sura Bayyina (Aniq dalil) — سُورَةُ البينة

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Lam Yakun al-ladhīna kafarū (Kofirlar bo‘lmadi), Ahl al-Kitāb (Kitob ahli), al-Qayyimah (To‘g‘ri)
yana 2 ta nom

لَمْ يَكُنِ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَالْمُشْرِكِينَ مُنْفَكِّينَ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ الْبَيِّنَةُ ١ i

98:1

Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kufr keltirganlar «bayyina» kelmaguncha ajralmasdilar. (1)

رَسُولٌ مِنَ اللَّهِ يَتْلُو صُحُفًا مُطَهَّرَةً ٢ i

98:2

U (bayyina), Alloh tarafidan yuborilgan Rasul bo`lib, poklangan sahifalarni tilovat qiladur. (2)

وَمَا تَفَرَّقَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ إِلَّا مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَةُ ٤ i

98:4

Kitob berilganlar ularga «bayyina» kelganidan so`nggina bo`linib ketishdi. (4)

وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ حُنَفَاءَ وَيُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُؤْتُوا الزَّكَاةَ ۚ وَذَٰلِكَ دِينُ الْقَيِّمَةِ ٥ i

98:5

Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo`lmaslikka, namozni to`liq o`qishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu, to`g`ri(millat)ning dinidir. (5)

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَالْمُشْرِكِينَ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا ۚ أُولَٰئِكَ هُمْ شَرُّ الْبَرِيَّةِ ٦ i

98:6

Albatta, ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kufr keltirganlar jahannam o`tidadurlar, u yerda abadiy qolurlar. Undaylar xaloyiqning eng yomonidirlar. (6)

إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ أُولَٰئِكَ هُمْ خَيْرُ الْبَرِيَّةِ ٧ i

98:7

Albatta, iymon keltirganlar va solih amallarni qilganlar, ana o`shalar, xaloyiqning eng yaxshisidir. (7)

جَزَاؤُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ جَنَّاتُ عَدْنٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۖ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِيَ رَبَّهُ ٨ i

98:8

Ularning mukofotlari Robbilari huzuridagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan «adn» jannatlaridir. U yerda abadul-abad qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi, ular ham Undan rozi bo`ldilar. Bu, Robbidan qo`rqqanlar uchundir. (8)