Ulardan unga iymon keltiradiganlar ham bor va ulardan unga iymon keltirmaydiganlar ham bor. Robbing esa, buzg`unchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Yunus 10:40 ⧉
Tafsir:
Mushriklar orasida oʻlimidan oldin Quronga iymon keltiradiganlari ham bor. To oʻlgunga qadar mutakabbirlik, sarkashlik qilib ishonmaydiganlari ham bor. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz kofirligida qattiq turib oladigan sarkashlarni juda yaxshi biladi va ularni yaqinda kufriga yarasha jazolaydi.