Alloh sizlarga o`zlaringizdan juft(halol)lar qildi va sizlarga juftlaringizdan bolalar va nabiralar qildi hamda sizlarga pok rizqlarni berdi. Botilga iymon keltiradilar-u, Allohning ne'matiga kufr keltiradilarmi?! An-Nahl 16:72 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, Alloh sizlarga oʻzlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan bolalar, nabiralarni dunyoga keltirdi va sizlarga goʻsht, donlar, mevalar kabi pokiza rizqlar ato etdi. But, sanamlardan iborat boʻlgan botilga iymon keltirib, Allohning son-sanoqsiz nematlariga shukr qilish oʻrniga nonkoʻrlik qiladilarmi?