Ularni hasrat kunidan, ish bitmish paytidan ogoh qil. Ular g`aflatdadirlar, ular iymon keltirmaslar. Maryam 19:39 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, odamlarni gunohkor gunohi uchun, savob ishlarni qilgan odam esa koʻproq qilmagani uchun nadomat chekadigan kundan ogohlantiring. U paytda amal sahifalari yopilib boʻladi. Hisob-kitob bitadi. Har bir odam ekkanini oʻradi. Bugun esa ular mana shu dunyo hayotida gʻaflatda qolyaptilar, etiborsizlik qilyaptilar, Qiyomat kuniga ishonmayaptilar.