Albatta, Biz yerga va uning ustidagi kimsalarga merosxo`r bo`lamiz va Bizgagina qayturlar. Maryam 19:40 ⧉
Tafsir:
Hamma xaloyiq nobud boʻlganidan keyin yer va undagi kimsalar Bizga qoladi. Chunki hammasi oʻladi. Faqat Biz qolurmiz. Hammasining egasi Biz boʻlamiz. Ularni Biz tasarruf qilamiz. Qiyomat kunida hisob berish hamda jazo yoki mukofotini olish uchun hammalari yolgʻiz Bizning yonimizga qayturlar.