U: «Ey Robbim, mening suyaklarim mo`rtlashdi, boshga oq tutashdi, ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt bo`lmaganman. Maryam 19:4 ⧉
Tafsir:
Dedi: "Parvardigorim, suyaklarim zaiflashdi, boshimdagi sochlarimning oqi koʻpaydi. Senga duo qilib, hech qachon noumid boʻlgan emasman. Har doim duolarimni ijobat qilgansan".