Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 108 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 108 • Oʻzbekcha


أَمْ تُرِيدُونَ أَنْ تَسْأَلُوا رَسُولَكُمْ كَمَا سُئِلَ مُوسَىٰ مِنْ قَبْلُ ۗ وَمَنْ يَتَبَدَّلِ الْكُفْرَ بِالْإِيمَانِ فَقَدْ ضَلَّ سَوَاءَ السَّبِيلِ 108
Tarjima:
Yoki Payg`ambaringizdan, bundan avval Musodan so`ralganidek, savol so`rashni xohlaysizmi?! Kim iymonni kufrga almashtirsa, batahqiq, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`lur. Baqara 2:108
Tafsir:
Ey moʻminlar, ilgari Musodan qavmi har narsani soʻrayverishgan. Masalan: "Bizga Allohni ochiq koʻrsat", deb ham soʻrashgan. Endi oʻshalarga oʻxshab Paygʻambaringizdan har narsani soʻrayverishingiz sizlarga yarashmaydi. Iymonni kufrga almashtirgan odam Toʻgʻri Yoʻldan ozgan odamdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 107 Keyingi Baqara • Oyat 109