Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 109 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 109 • Oʻzbekcha


وَدَّ كَثِيرٌ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَوْ يَرُدُّونَكُمْ مِنْ بَعْدِ إِيمَانِكُمْ كُفَّارًا حَسَدًا مِنْ عِنْدِ أَنْفُسِهِمْ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْحَقُّ ۖ فَاعْفُوا وَاصْفَحُوا حَتَّىٰ يَأْتِيَ اللَّهُ بِأَمْرِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 109
Tarjima:
Ahli kitoblardan ko`plari ularga haq ravshan bo`lganidan keyin, o`zlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli bo`lganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi bo`lurlar. Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli bo`ling. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. Baqara 2:109
Tafsir:
Yahud va nasorolardan koʻpchiligi ichlaridagi hasadlari tufayli sizlar moʻmin boʻlganinglardan keyin yana qayta kofir boʻlishinglarni istaydilar. Ular Paygʻambar alayhissalom olib kelgan risolat Alloh tarafidan yuborilgan haq ekanini bilib turib shunday orzu qiladilar. Ey moʻminlar, to Allohning farmoni va hukmi kelguniga qadar ularning qilmishlarini, nodonliklari tufayli haddan oshayotganlarini, ichiqoraliklarini kechirib turaveringlar. Allohning farmoni va hukmi kelganda esa kofir uch ishdan birini, yani, yo musulmon boʻlish, yo jizya berish va yo jang qilishdan birini tanlashga majbur boʻladi. Alloh har ishga qodir. Ular Allohni yenga olmaslar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 108 Keyingi Baqara • Oyat 110