Albatta, iymon keltirganlar, hijrat qilganlar va Allohning yo`lida jiddu jahd qilganlar — ana o`shalar Allohning rahmatini umid qiladilar. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. Baqara 2:218 ⧉
Tafsir:
Allohga va paygʻambariga iymon keltirganlar, Alloh va rasuli uchun vatanlarini tashlab chiqqanlar, Allohning soʻzi oliy boʻlishi uchun jang qilganlar - ana oʻshalar Allohning rahmati va magʻfiratidan umidvordirlar. Alloh bandalarining gunohlarini kechiradigan va ularga rahm qiladigan Zotdir.