Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 219 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 219 • Oʻzbekcha


يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ ۖ قُلْ فِيهِمَا إِثْمٌ كَبِيرٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَإِثْمُهُمَا أَكْبَرُ مِنْ نَفْعِهِمَا ۗ وَيَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنْفِقُونَ قُلِ الْعَفْوَ ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ 219
Tarjima:
Sendan xamr va qimor haqida so`rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni so`rarlar. Sen: «Ortiqchasini», deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga O`z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz. Al-Baqarah 2:219
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom, sizdan sahobalaringiz aroq, yani, aqlni oladigan, ketkizadigan ichimlikning ichish, sotib olish va sotish haqidagi hukmini, qimor, yani, oʻrtaga pul, mol-davlat tikilib, yutgan taraf koʻprogʻini oladigan, yutqazgan pulidan, mol-davlatidan ayriladigan oʻyinning hukmi haqida soʻraydilar. Aytingki, ularda aqldan va moldan ayrilish, odamlar orasida adovat va nafratning paydo boʻlishi kabi diniy va dunyoviy zararlar bor. Ayni paytda ularda pul ishlab olish kabi birozgina foydalar ham bor. Zarari va gunohi foydasidan koʻproq. Aqlli odam foydasidan zarari koʻp narsaga yaqinlashmaydi. Bu oyat aroqning harom qilinishiga zamin hozirlash boʻlgandi. Yana sahobalaringiz sizdan Ey Paygʻambar alayhissalom, mol-davlatlaridan qancha miqdorini infoq-ehson qilish haqida ham soʻraydilar. Ehtiyojinglardan ortganini, deb javob bering. Bu borada dastlab hukm shunday boʻlgandi. Keyinroq Alloh maxsus mablagʻ muayyan nisobga yetganidan keyin undan aniq bir miqdor ajratilishi haqida zakotni farz qildi. Alloh mana shunday chalkashlik aralashmagan ochiq-ravshan bayonlar bilan sizlarga shariatning hukmlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 218 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 220