Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekinzoringizga xohlaganingizcha keling. O`zingiz uchun (yaxshilik) taqdim qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Unga ro`baro` keluvchisiz. Mo`minlarga bashorat ber. Al-Baqarah 2:223 ⧉
Tafsir:
Ayollaringiz sizlarga hosil beradigan, yani, zurriyot tugʻib beradigan ekinzoringizdir. Yerga urugʻ sepilsa, hosil beradi. Ayolning bachadoniga urugʻ tushsa, bola tugʻadi. Ekinzoringizga xohlagan tarafingizdan va istagan holatingizda urugʻ qoʻyavering. Oʻzingiz uchun yaxshiliklar qilib qoling. Erning oʻz ayoli bilan Allohga yaqin boʻlish va solih, soliha zurriyot qoldirish uchun qoʻshilishi ham bir yaxshilikdir. Allohdan taqvo qilib, buyruqlarini bajaring va taqiqlaridan tiyiling. Jumladan, ayollar borasidagi hukmida ham buyruqlari va taqiqlari mavjud. Bilinglarki, qiyomat kunida Allohga roʻbaroʻ boʻlasizlar, Uning qoʻl ostida turasizlar. Oʻshanda Alloh amallaringizga qarab, sizlarga jazo yoki mukofotlar beradi.Ey Muhammad alayhissalom, moʻminlarga Parvardigorlariga yoʻliqqan paytlarida ularga barqaror nemat va Allohning muborak Yuzini koʻrishdek buyuk mukofot tayyorlab qoʻyilgani haqidagi xushxabarni yetkazing.