Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 224 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 224 • Oʻzbekcha


وَلَا تَجْعَلُوا اللَّهَ عُرْضَةً لِأَيْمَانِكُمْ أَنْ تَبَرُّوا وَتَتَّقُوا وَتُصْلِحُوا بَيْنَ النَّاسِ ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 224
Tarjima:
Allohga ichgan qasamlaringizni yaxshilik qilish, taqvo qilish va odamlar orasini isloh etishingizga to`siq qilmang. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir. Baqara 2:224
Tafsir:
Yaxshilik, taqvo va odamlar orasini isloh qilishda Allohning nomiga ichgan qasamlaringizni shu ishdan man qiladigan bir toʻsiq qilib olmang. Masalan, bir yaxshilikni qilmaslikka qasam ichgan boʻlsangiz, uni qilavering va qasamingizning kafforatini bering. Alloh aytayotgan gaplaringizni va qilayotgan ishlaringizni koʻrib, bilib, eshitib turadigan Zotdir. Yaqinda qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 223 Keyingi Baqara • Oyat 225