Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 3 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ 3
Tarjima:
Ular g`aybga iymon keltirurlar, namozni to`kis o`qirlar va Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar. Al-Baqarah 2:3
Tafsir:
Gʻaybga iymon keltirurlar. Alloh va Uning paygʻambari bergan xabarlar ichida oxirat kuni kabi insonga ato etilgan hislar ila idrok etib boʻlmaydigan, biz uchun noaniq boʻlgan olam gʻaybdir. Namozni toʻkis ado eturlar. Yani, namozning shartlari, vojiblari, sunnatlari, ruknlari, hamma-hammasini Alloh buyurgandek, shariatga muvofiq tarzda bajarurlar. Biz ularga bergan rizqdan infoq-ehson qilurlar. Farz zakot boʻladimi, nafl sadaqa boʻladimi, hammasini Allohning savobini umid qilib berurlar. Ular sizga nozil qilingan vahiyga ham, sizdan oldingi paygʻambarlarga nozil qilingan vahiyga ham birdek iymon keltiradilar. Ayni paytda ular oxiratga ham, unda sodir boʻladigan jazo va mukofotga ham aniq ishonadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 2 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 4