Va ular senga va sendan oldin nozil qilingan narsaga iymon keltirarlar va oxiratga aniq ishonarlar. Al-Baqarah 2:4 ⧉
Tafsir:
Gʻaybga iymon keltirurlar. Alloh va Uning paygʻambari bergan xabarlar ichida oxirat kuni kabi insonga ato etilgan hislar ila idrok etib boʻlmaydigan, biz uchun noaniq boʻlgan olam gʻaybdir. Namozni toʻkis ado eturlar. Yani, namozning shartlari, vojiblari, sunnatlari, ruknlari, hamma-hammasini Alloh buyurgandek, shariatga muvofiq tarzda bajarurlar. Biz ularga bergan rizqdan infoq-ehson qilurlar. Farz zakot boʻladimi, nafl sadaqa boʻladimi, hammasini Allohning savobini umid qilib berurlar. Ular sizga nozil qilingan vahiyga ham, sizdan oldingi paygʻambarlarga nozil qilingan vahiyga ham birdek iymon keltiradilar. Ayni paytda ular oxiratga ham, unda sodir boʻladigan jazo va mukofotga ham aniq ishonadilar.