Ular sendan azobning tezroq kelishini so`rarlar. Holbuki, Alloh va'dasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir. Al-Hajj 22:47 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, qavmingizdagi kofirlar sizni shoshiltirishib, oʻsha vada qilingan bu dunyodagi va oxiratdagi azobning tezroq yuborilishini talab qiladilar. Alloh hech qachon vadasiga xilof qilmas. Badr kunida ularning boshiga tushgan musibatlar shu dunyodagi azobning bir koʻrinishidir. Oxiratdagi bir kunlik azob esa sizlar sanaydigan ming yilga teng keladi.