Bas, ularning ichiga o`zlaridan bo`lgan Payg`ambarni: «Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan o`zga iloh yo`qdir, nahotki, qo`rqmasangiz», deb yubordik. Al-Mu'minun 23:32 ⧉
Tafsir:
Ularga Allohga davat etadigan bir paygʻambarni yubordik. Paygʻambar dedi: "Yolgʻiz Allohgagina ibodat qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilmaysizlarmi?"