Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi. Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan bo`lsa edi. Haqiqatan, u ulug` nasiba egasidir», dedilar. Al-Qasas 28:79 ⧉
Tafsir:
Qorun qavmi oldiga zeb-ziynatlarini koʻz-koʻz qilib chiqqan edi, dunyoning hoyu havasiga mukkasidan ketganlar: "Bizda ham Qorunga ato etilgan molu-davlat boʻlsa, qaniydi. Darhaqiqat, u ulugʻ nasiba egasidir", deb qoldilar.