Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 103 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 103 • Oʻzbekcha


وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا ۚ وَاذْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ كُنْتُمْ أَعْدَاءً فَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِكُمْ فَأَصْبَحْتُمْ بِنِعْمَتِهِ إِخْوَانًا وَكُنْتُمْ عَلَىٰ شَفَا حُفْرَةٍ مِنَ النَّارِ فَأَنْقَذَكُمْ مِنْهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ 103
Tarjima:
Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo`linib ketmang. Va Allohning sizga bergan ne'matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne'mati ila birodar bo`ldingiz. Olovli jar yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga O`z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, hidoyat topsangiz. Oli Imron 3:103
Tafsir:
Ey moʻminlar, kitob va sunnatni mahkam ushlangiz, tafriqaga olib boradigan ishlarga yaqinlasha koʻrmangiz. Alloh ato etgan nematlarni eslangiz. Islomdan oldin bir-biringizga dushman edingiz, arzimagan sabab bilan bir-biringiz bilan jang qilardingiz. Islom tufayli qalblaringiz birlashdi, uning fazli bilan oʻzaro inoq, ahil diniy birodarlarga aylandingiz. Oldin kufringiz tufayli doʻzax yoqasida boʻlsangiz, endilikda Islom sharofati bilan Alloh sizlarni undan xalos etdi va iymonga hidoyat qildi. Alloh sizlarga shularni aytganidek, dunyo va oxiratingizni isloh qiladigan omillarni ham bayon qiladi. Toki, rushdu hiyadot topib, toʻgʻri yoʻldan boringlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 102 Keyingi Oli Imron • Oyat 104