Unda, bo`lishida shubha yo`q kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday bo`ladir? Ali 'Imran 3:25 ⧉
Tafsir:
Ularning ahvoli nima kechar ekan?! Nadomatlari qanday boʻlar ekan?! Kelishi muqarrar boʻlgan qiyomat kunida hisob-kitob qilish uchun ularni toʻplaganimizda, yaxshiligini kamaytirmay, yomonligini koʻpaytirmay, zarracha zulm qilinmay, har bir jonga qilgan amaliga yarasha jazo yoki mukofot berilganida ularning ahvoli oʻta-oʻta ayanchli boʻladi!