Ba'zilari ba'zilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir. Ali 'Imran 3:34 ⧉
Tafsir:
Mazkur anbiyolar va Allohni bir deb bilishda hamda yaxshi ishlar qilishda ularning izidan borgan zurriyotlari bir silsiladirki, ulugʻ xulqlarni va oliyjanob fazilatlarni bir-birlaridan meros qilib olganlar. Alloh bandalarining gapirayotgan gaplarini ham, qilayotgan ishlarini ham eshitib-bilib turadi. Shuning uchun ular orasidan Oʻzi istaganini tanlab-saralab oladi.