Ular: «Biz yer ostida yo`q bo`lib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yo`q! Ular Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir. As-Sajdah 32:10 ⧉
Tafsir:
Qayta tirilishni yolgʻon deydigan mushriklar: "Oʻlib, yer ostida tuproqqa aylanib ketganimizdan keyin yana qayta tirilar ekanmizmi, bu aqlga sigʻmaydi-ku", dedilar. Yoʻq! Ular aslida qayta tirilishga ishonmaydigan, uni inkor qiladigan badbaxtlardir.