So`ngra uni rostladi va uning ichiga O`z ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, ko`zlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar. As-Sajdah 32:9 ⧉
Tafsir:
Keyin insonni raso yaratdi va bir muvakkal farishtaga buyurib, farishta uning ichiga Allohning Ruhini pufladi. Ey insonlar, Alloh sizlarga eshitgani quloqlar, koʻrgani koʻzlar va fikr yuritgani qalblar yaratib berdi. Bu nematlarga naqadar oz shukr qilasizlar.