Ey Nabiy! Allohga taqvo qil va kofiru munofiqlarga itoat etma! Albatta, Alloh o`ta olim va o`ta hikmatli Zotdir. Al-Ahzab 33:1 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiling. Yolgʻiz Undangina qoʻrqing. Kofir va munofiqlarning havoyi nafslariga itoat etmang. Alloh ularning makru nayranglarini bilib turadi. U Oʻzining yaratishi va tadbir qilishida har ishni hikmat bilan qiladigan Zotdir.