O`shanda ular sizning ust va quyi tomoningizdan kelgan edilar. O`shanda ko`zlar tinib, jonlar halqumga kelgan edi va Alloh haqida turli gumonlar qilardingiz. Al-Ahzab 33:10 ⧉
Tafsir:
Kofirlar vodiy ustidan ham, ostidan ham, mashriqdan ham, magʻribdan ham yopirilib kelgan paytda qoʻrquvdan koʻzlaringiz qotib qolib, dushmandan boshqa narsani koʻrmay qoldi. Xavf shiddatidan joningiz halqumingizga kelib, Alloh haqida har xil gumonlarga bordingizlar. Hali gʻalabadan umidvor boʻlib, hali tushkunlikka tushib, beqarorlik domida qoldingizlar.