Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahzob — Oyat 40 (Oʻzbekcha) — Video

Ahzob • Oyat 73 dan 40 • Oʻzbekcha


مَا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَا أَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ وَلَٰكِنْ رَسُولَ اللَّهِ وَخَاتَمَ النَّبِيِّينَ ۗ وَكَانَ اللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا 40
Tarjima:
Muhammad sizlardan biron erkakning otasi bo`lgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Payg`ambarlarning so`nggisidir. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir. Ahzob 33:40
Tafsir:
Muhammad sizlardan biron kishining otasi emas. U Zaydning otasi emaski, uning taloq qilgan xotiniga uylanishi harom boʻlsa. Lekin u Allohning odamlarga yuborgan paygʻambari va nabiylar xotami. Undan keyin paygʻambar kelmaydi. Alloh hamma narsani Bilguvchi boʻldi. Bandalarining biron ishi U Zotdan yashirin qola olmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahzob • Oyat 39 Keyingi Ahzob • Oyat 41