Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fotir — Oyat 5 (Oʻzbekcha) — Video

Fotir • Oyat 45 dan 5 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا ۖ وَلَا يَغُرَّنَّكُمْ بِاللَّهِ الْغَرُورُ 5
Tarjima:
Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin. Fotir 35:5
Tafsir:
Ey insonlar, Allohning qayta tirilish, jazo yoki mukofot, qiyomat kuni kabi vadalari haq. Ularning sodir boʻlishida shak-shubha yoʻq. Shunday ekan, dunyo hayotining lazzatlari, orzu-umidlariga aldanib, oxirat uchun amal qilishdan chalgʻib qolmanglar. Shayton botilni chiroyli qilib koʻrsatib, sizlarni dunyo hayoti atalmish botqoqqa botirib qoʻymasin. Unga quloq solib, Alloh barcha gunohlarni kechirib yuboraveradi, degan oʻy bilan gʻaflatda qolmanglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fotir • Oyat 4 Keyingi Fotir • Oyat 6