Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U o`z guruhini faqat o`ta qizigan do`zaxga ega bo`lishlariga chaqirur. Fatir 35:6 ⧉
Tafsir:
Ey insonlar, darhaqiqat shayton sizning doimiy dushmaningizdir. Siz ham uni dushman tutib, unga qarshi kurashinglar. Shayton oʻzining tobelarini Qiyomat kunidagi yonib turgan doʻzaxga kiritish uchun Allohga kufr keltirishga chaqiradi.