Ular: «Bizlarga bergan va'dasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar bo`lsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi bo`ldi! Az-Zumar 39:74 ⧉
Tafsir:
Moʻminlar jannatga kirganlaridan keyin shunday dedilar: "Bizga paygʻambarlarining tillari bilan bergan vadasida sodiq boʻlgan va bizga jannat yerini meros qilib, undan xohlagan joyimizni olishimiz mumkin qilib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin". Bas, Allohning Yuzi uchun solih amallarni qilgan moʻminlarning ajri naqadar yaxshi!