Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir o`g`ilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan ko`p (ayol) bo`lsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta bo`lsa, unga yarmi. Agar u(mayyit)ning bolasi bo`lsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi bo`lmasa va ota-onasi merosxo`r bo`lsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari bo`lsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan so`ng. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu, Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
An-Nisa 4:11 ⧉