Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Payg`ambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz o`girganlarini ko`rursan. Niso 4:61 ⧉
Tafsir:
Oʻsha munofiqlarga: "Kelinglar, Alloh Oʻz kitobida nozil qilgan hukmlarga va Paygʻambar alayhissalomning qanday hukm chiqarishiga qarab ish koʻringlar" deyilsa, koʻrasizki, sizdan butunlay yuz oʻgirishib, oʻzlari kabi bir bandaning hakamlik qilishini xohlaydilar.