Endi, qilgan narsalari tufayli ularga musiybat yetgandan so`ng, senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday bo`ldi? An-Nisa 4:62 ⧉
Tafsir:
Ana endi qilgan gunohlari kasofatidan ularga musibatlar yetsa, oldingizga uzr soʻrab kelsalar-da, qasam ichib, biz shunchaki talashib-tortishayotganlarni yarashtirib qoʻymoqchi boʻlgandik, biz faqat yaxshilik qilishni istagandik, xolos, deyishlari qandoq boʻldi? Ular shu oʻrinda ham kazzoblik qilyaptilar. Zero, yaxshilik bandalarga Allohning shariati hakamlik qilishidadir.