Bizning azobimizni ko`rganlaridagi iymonlari ularga manfaat bera olmas edi. Allohning bandalariga joriy bo`lib kelgan sunnati shu. Ana o`shanda kofirlar ziyon ko`rdilar. Ghafir 40:85 ⧉
Tafsir:
Azobimizni koʻrgan paytlarida iymon keltirishlari ularga foyda bermaydi. Bu Allohning Oʻz bandalari borasida oʻtgan qonuniyatidir. Azob koʻz bilan koʻrildimi, tamom, endi pushaymondan foyda yoʻq. Kofirlar kufr keltirib, oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga otdilar. Endigi tavba foyda bermas.